Django 5 + PostgreSQL asosidagi ko'p tenantli bog'cha boshqaruv tizimi. Bolalar, guruhlar, davomat, kirish-chiqish, billing, kassa, xodimlar, Telegram va oziq-ovqat/ombor jarayonlarini birlashtiradi.
python -m venv .venv
.venv\Scripts\activate # Windows
pip install -r requirements.txt
PostgreSQL bazasi va kuchli parolni yarating, .env ni to'ldiring, so'ng:
python manage.py migrate
python manage.py seed
python manage.py runserverBrauzer: http://127.0.0.1:8000
- Django system check: toza
- Avtomatik testlar: 102 ta
- CI: PostgreSQL 16 + Redis 7 + Python 3.13
- Ma'lumotlar bazasi: faqat PostgreSQL
GitHubga yuborilmaydi: .env, backup/dump, log, media, virtual muhit,
Celery schedule va yig'ilgan static fayllar.
Demo ma'lumotlarsiz bog'cha, standart moliyaviy siyosat, Direktor/Buxgalter/ Tarbiyachi rollari va egasi hisobini bitta buyruqda yarating:
python manage.py onboard_kindergarten --name "Yangi bog'cha" --owner-name "Egasi F.I.O." --owner-phone "+998901234567" --password "kuchli-parol"
Productionda .env.example asosida DJANGO_DEBUG=False, aniq domenlar, kuchli
SECRET_KEY, PostgreSQL va HTTPS sozlanishi shart. Batafsil: DEPLOY.md.
.env ichida TELEGRAM_BOT_TOKEN, TELEGRAM_BOT_USERNAME, uzun tasodifiy
TELEGRAM_WEBHOOK_SECRET, PUBLIC_BASE_URL va TELEGRAM_MINI_APP_URL ni
kiriting. HTTPS domen ishga tushgach webhookni o'rnating:
python manage.py set_telegram_webhook
Telegram xabarlari, avtomatik invoyslar, qarz eslatmalari, e'lonlar va rahbarning kun yakuni uchun Redis hamda ikkita fon jarayoni ishlashi kerak:
celery -A config worker --pool=solo --loglevel=INFO
celery -A config beat --loglevel=INFOLinux serverda worker uchun standart prefork pool ishlatiladi (--pool=solo
faqat Windows uchun). Redis uzilib qolsa xabarlar PostgreSQL outbox jadvalida
saqlanadi va ulanish tiklanganda qayta yuboriladi.
Xodim uchun Qabul xodimi rolini bering yoki rolga check-in/check-out
ruxsatlarini belgilang. Ota-onani bola kartasidagi kontakt yonidagi
Telegram tugmasi orqali 15 daqiqalik bir martalik havola bilan ulang.
| Kirish | Telefon | Parol |
|---|---|---|
| Egasi | +998901112233 | admin123 |
| Tarbiyachi | +998901112244 | admin123 |
seed demo ma'lumot yaratadi: 18 bola, 3 guruh, 3 tarif, 3 oylik invoys,
davomat va to'lovlar. Toza muhit uchun yangi PostgreSQL baza yarating va
migrate ni ishga tushiring.
- Boshqaruv — oylik hisoblangan/yig'ilgan/qarz, eng eski qarzdorlar
- Guruhlar — guruh kartasi + kunlik davomat ekrani
- Bolalar — reestr, shartnoma, to'liq moliyaviy tarix
- To'lovlar — invoyslar (chiqarish tugmasi bilan) va tushgan to'lovlar
- Qarzlar — ochiq qoldiqlar, kechikish kunlari bilan
- Hisobot — oylar bo'yicha yig'ilish foizi, guruhlar kesimi
- Sozlamalar — moliyaviy siyosat, tariflar, chegirmalar, rollar
- Oshxona — kunlik taomnoma, taom normasi, masalliqlar, ombor kirim-chiqimi, muzlatilgan reja, haqiqiy sarf, storno va oylik Excel hisobot
Qoldiq saqlanmaydi. Invoice.objects.with_balance() orqali hisoblanadi.
Ikkita manba bo'lsa, ular albatta bir-biriga to'g'ri kelmay qoladi.
Tarif versiyalanadi. Tahrirlanmaydi — narx o'zgarsa yangi qator qo'shiladi. Invoysga summa nusxalanadi, shuning uchun o'tgan oylar hisoboti o'zgarmaydi.
Davomat billing summasini bevosita o'zgartirmaydi. Faqat "butun oy kelmadi" siyosati billingga ta'sir qiladi. Oshxona modulida tasdiqlash paytidagi kelgan bolalar soni taomnoma rejasiga muzlatib nusxalanadi.
Ombor qoldig'i saqlanmaydi. StockMove ledgeridan kirim minus chiqim
sifatida hisoblanadi. Harakat o'chirilmaydi; xato operatsiya storno qilinadi.
Bitta super rol. is_owner=True bo'lgan foydalanuvchi yangi rol yaratadi
va unga ruxsat beradi. Kodda rol nomi tekshirilmaydi, faqat ruxsat.
Taqsimot eng eski qarzdan. Qattiq qoida, sozlama emas. Ortiqcha summa avansda qoladi va keyingi invoysga avtomatik yopiladi.
Idempotentlik. Invoys generatsiyasini necha marta chaqirsangiz ham
dublikat chiqmaydi. To'lov method + external_id bo'yicha yagona —
Payme ikki marta webhook yuborsa, ikkinchisi yozilmaydi.
Sozlamalar bo'limida: oy o'rtasida kirish/chiqish (kunlar bo'yicha / yarim oy / to'liq oy), butun oy kelmasa (to'liq / foiz bilan / olinmaydi), invoys chiqadigan kun, to'lov muddati, yaxlitlash qadami, ortiqcha to'lov rejimi.
apps/
accounts/ User, Role, AuditLog
school/ Kindergarten, BillingPolicy, WorkingCalendar,
Tariff, Discount, Group, Child, Person, ContactChild, Enrollment
attendance/ Attendance, MonthLock
billing/ Invoice, InvoiceLine, Payment, Allocation
engine.py <- barcha hisob-kitob, Django'siz, 12 ta test
services.py <- bazaga tegadigan operatsiyalar
web/ views, forms, urls
kitchen/ taomnoma, retseptura, masalliq, ombor va reja/fakt
templates/
Kontakt identity modeli telefon raqamiga bog'liq emas. Person haqiqiy odamni,
ContactChild esa odamning muayyan bola bilan aloqasi va aynan shu bola uchun
can_pickup, is_payer, has_app_access kabi ruxsatlarni saqlaydi. Bir odam
bir nechta bolaga ulanadi va bitta aylanuvchi QR bilan o'ziga biriktirilgan
bolalarni ochadi. Bir xil telefonli yozuvlar avtomatik birlashtirilmaydi;
Sozlamalar → Kontakt shaxslar bo'limida administrator tasdig'i talab qilinadi.
engine.py Django'ni import qilmaydi. Summa noto'g'ri chiqsa — faqat shu
faylga qaraysiz. python -m pytest bilan tekshiring.
- Pilot bog'chada oshxona normativlari va real ombor jarayonini sinash
- Payme / Click webhook (merchant shartnomasi olingach)
- Zaxiradan tiklash va 500 bola bilan yuklama sinovi
- Xavfsizlik muammolari: SECURITY.md
- Development qoidalari: CONTRIBUTING.md
- Deployment: DEPLOY.md
- Litsenziya: proprietary, barcha huquqlar himoyalangan